🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Yuridik raqamli biznes boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

АКБ «Банк развития бизнеса»
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 13 Oct 2026

Raqamli biznes departamenti Yuridik raqamli biznes boshqarmasi yetakchi mutaxassisi.

Talablar:

  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lish (iqtisodiyot, moliya, bank ishi, axborot texnologiyalari yoki boshqa tegishli yo‘nalishlarda).
  • Bank yoki axborot texnologiyalari (IT) sohasida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish.
  • Bankning raqamli mahsulotlari va xizmatlariga oid shartnomalarni ishlab chiqish, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish hamda huquqiy xulosalar tayyorlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
  • Bankning raqamli kanallari, masofaviy bank xizmatlari va elektron hujjat aylanishi bilan bog‘liq huquqiy masalalarni tahlil qila olishi;
  • Normativ-huquqiy hujjatlar va ichki me’yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda ekspertizadan o‘tkazish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
  • O‘zbek tilini mukammal, rus tilini esa ish yuritish darajasida bilishi;
  • Microsoft Office dasturlarida erkin ishlay olishi;
  • Tahliliy fikrlash, hujjatlar bilan ishlash, jamoada ishlash va muammolarga yechim topish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
  • Mas’uliyatli, tashabbuskor, intizomli va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lishi.

Asosiy vazifalar:

  • Raqamli bank mahsulotlari va xizmatlarini joriy etishda huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
  • Raqamli mahsulotlar va xizmatlar bo‘yicha shartnomalar, ofertalar va boshqa yuridik hujjatlarni ishlab chiqish hamda kelishish;
  • Bankning raqamli xizmatlari faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiqligini tahlil qilish;
  • Raqamli biznes yo‘nalishidagi huquqiy xatarlarni aniqlash va ularni kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • Bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalariga huquqiy masalalar bo‘yicha maslahat va tushuntirishlar berish.

Ish sharoiti:

  • To’liq ish kuni 5/2 (9.00–18.00)
  • Ish joyi bankning markaziy idorasida
  • Kelishilgan ish haqi

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие