🔥
Не упустите лучшие вакансии!
Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!
Подключить ботаElektron tijorat, raqamli kanallar va loyihalar boshqarmasi bosh mutaxassisi (Mahsulot menejeri)
АКБ «Банк развития бизнеса»
•
Ташкент
•
На месте работодателя
•
Опубликовано: 14 Oct 2026
Vazifalar:
- Raqamli mahsulotlarni ishlab chiqish, joriy etish va rivojlantirish jarayonlarini boshqarish.
- Mahsulotlar bo‘yicha biznes talablarini yig‘ish, tahlil qilish va tegishli texnik topshiriqlarni tayyorlash.
- Mahsulotlarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
- Foydalanuvchilar ehtiyojlari va mijozlar tajribasini o‘rganish hamda raqamli xizmatlarni takomillashtirish.
- Dasturchilar, biznes bo‘linmalari va boshqa manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda ishlash.
- Raqamli kanallar va elektron tijorat yo‘nalishidagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish.
Talablar:
- Oliy ma’lumotga ega bo‘lish (iqtisodiyot, moliya, bank ishi, axborot texnologiyalari yoki boshqa tegishli yo‘nalishlarda).
- Bank yoki axborot texnologiyalari (IT) sohasida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish.
- Mahsulotlarni boshqarish (Product Management) va mahsulotlar tahlili (Product Analytics) bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
- Raqamli mahsulotlar, elektron tijorat va raqamli kanallar faoliyati tamoyillarini tushunish.
- Biznes talablarini tahlil qilish, texnik topshiriqlarni shakllantirish hamda mahsulotni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
- Ma’lumotlarni tahlil qilish, asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) belgilash va monitoring qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
- Loyihalarni rejalashtirish, amalga oshirish va manfaatdor tomonlar bilan samarali hamkorlik qilish qobiliyatiga ega bo‘lish.
- Mantiqiy va tahliliy fikrlash, tashabbuskorlik hamda jamoada ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
Ish sharoiti:
- To’liq ish kuni 5/2 (9.00–18.00)
- Ish joyi bankning markaziy idorasida
- Kelishilgan ish haqi
🚀
Ваше резюме увидят первым!
Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!
Подключить автоподнятие