🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Dastur loyihalarini qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi menejeri

АКБ «Банк развития бизнеса»
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 14 Oct 2026

Davlat dasturlari va agrostarlarni muvofiqlashtirish departamenti Dastur loyihalarini qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi menejeri

Asosiy vazifalar:

Davlat dasturlari doirasidagi loyihalarni shakllantirish, moliyalashtirishga tayyorlash va amalga oshirish jarayonlarini qoʻllab-quvvatlash;

Loyihalarning biznes-rejalari, moliyaviy hisob-kitoblari va iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish;

Loyiha tashabbuskorlariga zarur hujjatlarni tayyorlash va bank xizmatlaridan foydalanish boʻyicha amaliy koʻmak berish;

Agrostarlar faoliyatiga oid loyihalarni amalga oshirishda bankning hududiy boʻlinmalari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;

Loyihalarning ijro holati, moliyalashtirish jarayoni va belgilangan koʻrsatkichlarga erishilishini monitoring qilish;

Loyihalarda yuzaga kelayotgan muammo va xatarlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

Loyihalar boʻyicha maʼlumotlar bazasini yuritish, tahliliy maʼlumotlar va hisobotlar tayyorlash.

Nomzodga qoʻyiladigan talablar:

Iqtisodiyot, moliya, bank ishi, agroiqtisodiyot yoki boshqa tegishli yoʻnalishda oliy maʼlumot;

Bank-moliya sohasida yoki loyihalar bilan ishlash yoʻnalishida kamida 5 yillik ish tajribasi;

Davlat dasturlari, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va agrar sohani moliyalashtirish mexanizmlarini bilish;

Biznes-reja, moliyaviy hisobot va pul oqimlarini tahlil qilish koʻnikmasi;

Kreditlash jarayonlari, loyihalarni baholash va monitoring qilish boʻyicha bilimga ega boʻlish;

MS Office, xususan Excel va PowerPoint dasturlarida ishlay olish;

Davlat tilida rasmiy yozishmalar va tahliliy hujjatlarni tayyorlay olish; rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi;

Tahliliy fikrlash, masʼuliyatlilik, jamoada ishlash va vazifalarni belgilangan muddatlarda bajarish koʻnikmalari.

BIZ SIZGA NIMA TAKLIF QILAMIZ

Kasbiy rivojlanish va martaba o'sishi uchun imkoniyat.

Katta, dinamik rivojlanayotgan bankning bir qismiga aylaning.

Ijobiy ish muhiti, do'stona jamoa.

To'g'ri va raqobatbardosh ish haqi va bonuslar, ularning hajmi sizning ishingiz natijalariga bog'liq.

Poytaxt markazida qulay ofis joylashuvi.

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие