🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Руководитель отдела продаж

LEGO GROUP
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 20 Oct 2026

Vakansiya: Sotuv bo‘limi rahbari (Head of Sales)
E`lon bilan batafsil tanishib chiqib keyin murojaat qiling, vaqt Siz uchun ham biz uchun ham juda qadrli

Jadal o‘sayotgan kompaniyamiz o‘z jamoasiga savdoni ko`rsatgichlarini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqa oladigan, tajribali, ambitsiyali va natijaga yo‘naltirilgan Sotuv bo‘limi rahbarini (Head of Sales) taklif qiladi.

Bizga shunchaki mijozlarga qo‘ng‘iroq qiluvchi xodim emas, balki kuchli jamoa shakllantira oladigan, savdo strategiyasini ishlab chiqib, bozordagi ulushimizni keskin oshira oladigan yetakchi kerak.

Lavozimning asosiy maqsadi:

B2B, B2C, B2G segmentida yangi yirik mijozlarni jalb qilish, mavjud mijozlar bazasi bilan ishlashni tizimlashtirish, sotuv jamoasini shakllantirish va o‘qitish hamda kompaniyaning oylik va yillik daromad (Revenue) rejalarini ortig‘i bilan bajarish.

Asosiy vazifalar:

  • Strategiya: Xitoy-O‘zbekiston yo‘nalishida logistika xizmatlari bo‘yicha qisqa va uzoq muddatli sotuv strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

  • Jamoani boshqarish: Savdo menejerlarini (Sales Managers) ishga qabul qilish, o‘qitish (onboarding), ularning ishini nazorat qilish va doimiy motivatsiya berish.

  • KPI va Rejalashtirish: Har bir xodim va butun bo‘lim uchun savdo rejalarini (KPI, OKR) belgilash va ularning bajarilishini qat'iy nazorat qilish.

  • Yirik mijozlar (VIP) bilan ishlash: Yirik korxonalar, zavodlar va importyorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish, uzoq muddatli shartnomalar tuzish va tenderlarda qatnashish.

  • CRM va Tahlil: CRM tizimi (AmoCRM/Bitrix24) orqali sotuv voronkasini (Sales funnel) optimallashtirish, konversiya tahlilini olib borish va rahbariyatga hisobot berish.

  • Kross-funksional aloqa: Operatsion va moliya bo‘limlari bilan yaqindan hamkorlik qilib, mijozlarga yuklarning o‘z vaqtida yetkazib berilishini va to‘lovlar intizomini ta'minlash.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • Tajriba: B2B savdo sohasida kamida 5 yillik, shundan rahbarlik (Head of Sales, Sales Director) lavozimida kamida 2-3 yillik muvaffaqiyatli ish tajribasi. Logistika, TIF (import-eksport) sohasida tajribaga ega bo‘lish ustunlik beradi.

  • Yuksak farosat, qadryatlarga sodiq, etiket qoidalariga amal qiladigan

  • Ko‘nikmalar: Sotuv bo‘limini noldan qurish yoki qayta tashkil etish, CRM bilan chuqur ishlash, murakkab muzokaralar olib borish texnikalarini (B2B) mukammal bilish.

  • Tillar: O‘zbek erkin, professional darajada muloqot qila olish. Ingliz yoki xitoy tillarini bilish qo‘shimcha ustunlik beradi.

  • Shaxsiy sifatlar: Yuqori energiya, xarizmatik liderlik, analitik fikrlash, e'tirozlar bilan ishlashda stressga chidamlilik va doimiy o‘sishga intilish.

Biz nima taklif qilamiz?

  • Motivatsion ish haqi: Kafolatlangan yuqori oylik (Fiksa) + Bo‘limning umumiy savdo hajmidan jozibador foizlar (Chegaralanmagan daromad).

  • Vakolatlar: Savdo bo‘limini o‘z qarashlaringiz asosida professional rivojlantirish uchun keng erkinlik.

  • Rivojlanish muhiti: Korporativ o‘quv kurslari, kuchli jamoa va xalqaro hamkorlar bilan ishlash imkoniyati.

  • Sharoitlar: Qulay ofis, mobil aloqa va do'stona korporativ madaniyat.

    Muhim: xabar (otklik) qoldirishdan oldin e`lon bilan batafsil tanishib chiqing, muqova xatiga nuqta, 1 yubormasdan aniq o`zingiz haqingizdagi muvaffaqiyatli keyslar bilan bo`lishing va bu Sizga katta ustunlik beradi. Xabarda resumeda berilmagan o`z tajribangizdagi raqamlar bilan bo`lishing!
    Resumeda rasmingiz va tug`ilgan sana bo`yicha ma`lumotlar to`liq bo`lishi shart

    Telegram va telefon qo`ng`iroqlari orqali murojaatlar qabul qilinmaydi!

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие