Не упустите лучшие вакансии!
Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!
Подключить ботаKontent yaratuvchi / Mobilograf / SMM mutaxassisi
Kontent yaratuvchi / Mobilograf / SMM mutaxassisi
Sun’iy intellekt, texnologiyalar, startaplar va ta’lim sohasidagi shaxsiy brend hamda loyihalarni rivojlantirish uchun kreativ, tashabbuskor va mustaqil ishlay oladigan mutaxassis izlayapmiz.
Bizga shunchaki video suratga oladigan va montaj qiladigan emas, balki qiziqarli mavzularni topa oladigan, yangi g‘oyalar taklif qiladigan va odamlar tomosha qilishni istaydigan kontent yarata oladigan inson kerak.
Ish sharoitlari
-
Ish formati: masofaviy, faqat kontent suratga olish uchun oflayn uchrashuvlar va tadbirlarga chiqish.
-
Bandlik: to‘liq stavka.
-
Ish jadvali: moslashuvchan, suratga olish vaqtlari oldindan kelishiladi.
-
Joylashuv: Toshkent (oflayn suratga olish jarayonlarida qatnashish uchun).
-
Uzoq muddatli hamkorlik va kasbiy rivojlanish imkoniyati.
Biz nimalarni taklif qilamiz?
-
AI, startaplar, investitsiyalar va ta’lim sohasidagi qiziqarli loyihalarda ishlab, amaliy tajriba orttirish imkoniyati.
-
Texnologik tadbirlar, konferensiyalar, tadbirkorlar, investorlar va ekspertlar bilan uchrashuvlarda ishtirok etish.
-
Yangi tanishuvlar, netvorking va faol professional muhit.
-
Turli xil nostandart suratga olish jarayonlari, qiziqarli loyihalar va portfolio uchun kuchli ish namunalari.
-
O‘z kreativ g‘oyalarini amalga oshirish, yangi formatlarni sinab ko‘rish va loyihalar rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatish imkoniyati.
-
Dinamik ish muhiti, qiziqarli tadbirlar va texnologik hamjamiyat hayotida doimiy ishtirok.
Asosiy ish yo‘nalishlari
-
Shaxsiy brend — AI, startaplar, venchur investitsiyalar, biznes va texnologiyalar haqida qiziqarli va foydali kontent yaratish.
-
Hamjamiyat — tadbirlarni yoritish, ekspertlar, dasturchilar va tadbirkorlar bilan intervyular tayyorlash, texnologik hamjamiyatni rivojlantirish.
-
Onlayn ta’lim platformasi — ta’limiy videokurslarni montaj qilish, o‘quv videomateriallarini tayyorlash va kelgusida sun’iy intellekt haqida keng auditoriyaga mo‘ljallangan kontent yaratish.
Asosiy vazifalar
-
Har hafta Reels va postlar uchun qiziqarli mavzularni izlash va taklif qilish.
-
Kontent-rejalar, g‘oyalar, ssenariylar va vizual konsepsiyalar ishlab chiqish.
-
Reels, intervyu, suhbat va ta’limiy videolarni suratga olish hamda montaj qilish.
-
Grafik postlar, karusellar, muqovalar tayyorlash va matnlar yozish.
-
To‘liq ta’limiy videokurslarni montaj qilish: ovoz, prezentatsiyalar, ekran yozuvlari va grafik materiallar bilan ishlash.
-
Konferensiyalar, tadbirlar, biznes uchrashuvlari, ta’lim dasturlari va boshqa jarayonlarni foto va videoga olish.
-
Ekspertlar, tadbirkorlar, dasturchilar va boshqa ishtirokchilar bilan suratga olish jarayonlarini tashkil etish.
-
Zarurat bo‘lganda videolarda boshlovchi, intervyuer yoki ishtirokchi sifatida shaxsan qatnashish.
-
Instagram, LinkedIn, TikTok va YouTube Shorts platformalariga kontent joylashtirish.
-
Kontent natijalarini tahlil qilish va uni yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Talablar
-
O‘zbek tilini mukammal bilish — og‘zaki va yozma nutqning savodli bo‘lishi, o‘zbek tilida (lotin yozuvida) tabiiy, qiziqarli va sifatli matnlar yoza olish.
-
Qisqa vertikal videolarni (Reels, Shorts, TikTok) suratga olish va montaj qilish tajribasi.
-
Grafik dizayn va vizual kontent yaratish ko‘nikmalari.
-
Ssenariy yozish, mavzuni qiziqarli yetkazish va tomoshabin e’tiborini ushlab turish qobiliyati.
-
Ijtimoiy tarmoqlarda kontentni ommalashtirish tamoyillarini tushunish.
-
Dolzarb mavzularni mustaqil izlash va kreativ yechimlar taklif qila olish.
-
Video montaj va dizayn dasturlaridan erkin foydalana olish.
-
AI, texnologiyalar, tadbirkorlik va ta’lim sohalariga qiziqish.
-
Tashabbuskorlik, mas’uliyat, kreativlik va mustaqil ishlash qobiliyati.
Qo‘shimcha ustunlik: shaxsiy brendlarni rivojlantirish, intervyular suratga olish, ta’limiy kurslarni montaj qilish va kontent yaratishda AI vositalaridan foydalanish tajribasi.
Muhim: barcha videokontent va postlar asosan o‘zbek tilida tayyorlanadi. Shu sababli o‘zbek tilida erkin, savodli va tabiiy so‘zlasha olish majburiy talab hisoblanadi.
Ariza topshirish
O‘zingiz suratga olgan va montaj qilgan videolar, grafik postlar va boshqa ish namunalari jamlangan portfoliongizni yuboring.
Ваше резюме увидят первым!
Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!
Подключить автоподнятие