🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Hududiy menejer

СП ООО Premier Electrotech
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 23 Oct 2026
От 5 000 000 so'm

Majburiyatlar

  • Biriktirilgan hudud bo’yicha sotuv rejasini bajarish: rejani mijozlar kesimida taqsimlash, haftalik nazorat, orqada qolayotgan mijoz va mahsulot guruhlarini aniqlash hamda tuzatish choralarini belgilash
  • Hududda yangi mijozlar va savdo nuqtalarini izlash, qamrovni kengaytirish
  • Savdoni oshirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish: hudud bozori, raqobatchilar va xaridorlar qatlamini tahlil qilish, rejani bo’lim boshlig’i bilan kelishish, natijalarni bosqichlar bo’yicha nazorat qilish
  • Dilerlar va distribyutorlar bilan ishlashni tashkil etish: tashrif jadvalini yuritish, assortiment, narx shartlari, aksiya va yangi modellar haqida ma’lumot yetkazish, savdo nuqtalarida mahsulot mavjudligi va ko’rgazmasini tekshirish
  • Hamkorlarga sotuv hajmi, assortimentni kengaytirish va mahsulotni ilgari surish bo’yicha vazifalar qo’yish, keyingi tashrifda ijrosini tekshirish
  • Hududga biriktirilgan xodimlarga vazifa qo’yish va ijrosini ta’minlash: vazifalarni taqsimlash, haftalik uchrashuvlar, natijalarni sotuv ko’rsatkichlari asosida baholash, rag’batlantirish va intizomiy chora bo’yicha takliflar kiritish
  • Buyurtmalarni hisob tizimida rasmiylashtirish, ombor va logistika bilan jo’natish muddatlarini muvofiqlashtirish
  • To’lov shartlari va muddatlarini nazorat qilish, muddati o’tgan qarz bo’yicha mijoz bilan to’lov grafigini kelishish
  • Raqobatchilar monitoringi, sotuv, mijozlar va qarz holati bo’yicha haftalik hamda oylik hisobot tayyorlash
  • Bozor tahlili asosida narx, assortiment va aksiyalar bo’yicha takliflar kiritish

Talablar

  • Oliy ma’lumot (bakalavr); menejment, marketing, iqtisodiyot, savdo ishi yoki biznesni boshqarish — afzallik
  • Savdo sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi
  • Majburiy: xodimlarga vazifa qo’yish va ularning ijrosini ta’minlash bo’yicha tajriba
  • Majburiy: davlat idorasi yoki boshqa tashkilotda ijro intizomini ta’minlash tajribasi
  • Hududiy savdo, diler va distribyutorlar bilan ishlash tajribasi
  • Muzokara olib borish va shartnoma tuzish tajribasi
  • Savdo jarayonlari va distribusiya tamoyillarini, narx hamda chegirma siyosati asoslarini bilish
  • Sotuv, bozor va raqobat tahlili, hisobot tayyorlash ko’nikmasi
  • Microsoft Excel’ni yaxshi bilish: formulalar, qidiruv funksiyalari, yig’ma jadvallar
  • ERP va mijozlar bilan ishlash (CRM) tizimlarida ishlash ko’nikmasi
  • O’zbek tili — erkin, rus tili — ish darajasida majburiy
  • Biriktirilgan hududga muntazam xizmat safarlariga chiqishga tayyorlik

Shartlar

  • Ish joyi: Toshkent ofisi
  • Ish grafigi: 6/1, 09:00 dan 18:00 gacha
  • O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashtirish
  • Barqaror va o’z vaqtida ish haqi
  • Tushlik kompaniya hisobidan
  • Kasbiy va karyera o’sishi imkoniyatlari
  • Yirik ishlab chiqarish kompaniyasida ishlash
🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие