🔥
Не упустите лучшие вакансии!
Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!
Подключить ботаМаркетолог
TAXTAKON
•
Ургенч
•
На месте работодателя
•
Опубликовано: 27 Oct 2026
MARKETING BO‘LIMI BOSHLIG‘I
RUSSKIY LES kompaniyasi o‘z jamoasiga tajribali, kreativ va natijaga yo‘naltirilgan Marketing bo‘limi boshlig‘ini ishga taklif qiladi!
- Asosiy vazifalar:
- Kompaniyaning marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish.
- Marketing bo‘limi faoliyatini boshqarish va jamoa ishini muvofiqlashtirish.
- RUSSKIY LES brendini rivojlantirish va bozordagi mavqeini mustahkamlash.
- Instagram, Telegram, YouTube va boshqa marketing kanallarini rivojlantirish.
- Reklama kampaniyalarini rejalashtirish va samaradorligini nazorat qilish.
- Savdo hajmini oshirishga qaratilgan marketing loyihalarini amalga oshirish.
- Raqobatchilar faoliyati va bozor tendensiyalarini tahlil qilish.
- Marketing budjetini boshqarish va xarajatlar samaradorligini oshirish.
- Marketing KPI ko‘rsatkichlarini belgilash va natijalar bo‘yicha hisobot tayyorlash.
- Nomzodga talablar:
- Marketing sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi.
- Marketing strategiyasi, brending va digital marketing bo‘yicha bilim.
- Jamoani boshqarish va vazifalarni to‘g‘ri taqsimlash qobiliyati.
- SMM, target reklama va kontent marketing yo‘nalishlarini yaxshi tushunish.
- Analitik va strategik fikrlash.
- Liderlik, tashabbuskorlik va yuqori mas’uliyat.
-
Mustaqil qaror qabul qilish va natijaga yo‘naltirilgan ishlash.
Afzallik: Savdo yoki qurilish materiallari sohasida marketing tajribasiga ega nomzodlar.Ish sharoitlari: - Ish vaqti: 08:30–18:00.
- Ish kunlari: Haftasiga 6 kun.
- Dam olish kuni: Yakshanba.
- Bandlik: To‘liq, ofisda ishlash.
- Ish haqi: Suhbat asosida kelishiladi.
- Tushlik korxona hisobidan.
- Professional rivojlanish va martaba o‘sishi imkoniyati.
- Katta marketing loyihalarini boshqarish imkoniyati.
- Ish manzili:
- Xorazm viloyati, Urganch shahri, D. Matchanov ko‘chasi, 18-uy.
- Mo‘ljal: Dunyo to‘yxonasining orqa tomoni.
- Biz kimni izlayapmiz?
- Bizga shunchaki reklama yuritadigan mutaxassis emas, balki marketing bo‘limini tizimli boshqara oladigan, kuchli strategiya ishlab chiqadigan va kompaniya savdosining o‘sishiga real hissa qo‘shadigan marketing rahbari kerak!
- RUSSKIY LES jamoasiga qo‘shiling va biz bilan birga rivojlaning!
🚀
Ваше резюме увидят первым!
Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!
Подключить автоподнятие