🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Operatsion risk menejeri

АКБ «Банк развития бизнеса»
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 29 Oct 2026

🔷SIZNING VAZIFALARINGIZ

Sodir bo'lgan yoki sodir bo'lishi mumkin bo'lgan operatsion risk hodisalarini kunlik va oylik monitoring qilish;

Operatsion risklarni aniqlash, baholash, monitoring qilish va ular bo'yicha hisobot tayyorlash uchun uslubiyot hamda vositalarni ishlab chiqish va dolzarb holatda saqlash;

Risk-appetit va tavakkalchilik chegaralari buzilishini yoki unga yaqinlashishni oldindan aniqlash uchun erta ogohlantirish tizimlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish;

Markaziy bankning operatsion risklarga oid me'yoriy talablariga (jumladan, 3427-son Nizom) muvofiqlikni ta'minlash va tegishli ichki hujjatlarni dolzarb holatda saqlash;

Yangi mahsulotlar joriy etilishidan oldin ular bilan bog'liq operatsion risklar bo'yicha xulosalar tayyorlash, shuningdek bank xizmatlari narx siyosatining tavakkalchilik va xarajatlarga muvofiqligini baholash;

Har chorakda stress-testlar (ssenariy tahlillari) o'tkazish va natijalarning limitlar, risk-appetit hamda kapitalga ta'sirini baholash;

Bank risk-profilini yiliga kamida bir marta baholash va uning risk-appetit hamda tavakkalchilik chegaralariga muvofiqligini tekshirish;

Kuzatuv kengashi va Risklarni boshqarish qo'mitasiga har chorakda, Bank boshqaruviga esa har oyda kamida bir marta operatsion risklar bo'yicha hisobot taqdim etish;

Qayta tiklash rejasini (recovery plan) ishlab chiqish, testdan o'tkazish va muntazam yangilab borishni tashkil etish;

OPERRISK dasturi orqali operatsion risk hodisalarini ekspertizadan o'tkazish, yo'qotishlarning to'g'ri baholanganini tekshirish hamda ularning qoplanishi (aybdorlardan undirish, sug'urta, uchinchi shaxslar orqali) ustidan nazorat olib borish;

Operatsion risklarni boshqarish jarayonini avtomatlashtirish, ma'lumotlar sifati, to'liqligi va hisobotlar ishonchliligini nazorat qilish;

Komplaens-nazorat, Ichki audit, Axborot texnologiyalari departamentlari hamda Axborot xavfsizligi markazi bilan hamkorlikda ishlash;

Bank xodimlari uchun operatsion risklar bo'yicha treninglar va o'quv seminarlarini tashkil etish, risk madaniyatini rivojlantirish;

Risk-appetit ko'rsatkichlari va limitlar buzilganda yoki buzilish ehtimoli aniqlanganda rahbariyat va kollegial organlarga zudlik bilan eskalatsiya qilish hamda tuzatuvchi tavsiyalar ishlab chiqish;

Lavozim tavsifida ko'rsatilgan boshqa vazifalarni bajarish.

🔶TALAB :

Iqtisodiyot, moliya, matematika yoki statistika yo'nalishi bo'yicha oliy ma'lumot (bakalavr/magistr);

Bank-moliya tizimida kamida 6 yillik ish tajribasi, shundan kamida 3 yili operatsion risklarni boshqarish, ichki nazorat (komplayens), audit yoki kreditlash yo'nalishida mustaqil yoki yetakchi lavozimda ishlagan bo'lishi;

Operatsion risklarni aniqlash, baholash, monitoring qilish va stress-testlar o'tkazish bo'yicha isbotlangan amaliy tajriba;

Bazel qo'mitasining risklarni boshqarish bo'yicha tavsiyalarini va Markaziy bankning operatsion risklarga oid me'yoriy hujjatlarini (jumladan, 3427-son Nizom) yaxshi bilish;

Ma'lumotlar bilan ishlash va tahlil qilish ko'nikmalari (Excel/Power BI, SQL kabi vositalar bilan tanishlik afzallik hisoblanadi);

Kollegial organlar (Kuzatuv kengashi, Risklarni boshqarish qo'mitasi, Bank boshqaruvi) uchun hisobot va taqdimot tayyorlash tajribasi;

Yuqori mas'uliyat, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati va boshqaruv ko'nikmalari;

Til bilish darajasi: o'zbek tili - a'lo, rus tili - yaxshi, ingliz tili - o'rta;

FRM, PRM, CFA yoki boshqa xalqaro risk-menejment sertifikatiga ega bo'lish afzallik hisoblanadi.

🔶BIZ SIZGA NIMA TAKLIF QILAMIZ

Kasbiy rivojlanish va martaba o'sishi uchun imkoniyat.

Katta, dinamik rivojlanayotgan bankning bir qismiga aylaning.

Ijobiy ish muhiti, do'stona jamoa.

To'g'ri va raqobatbardosh ish haqi va bonuslar, ularning hajmi sizning ishingiz natijalariga bog'liq.

Poytaxt markazida qulay ofis joylashuvi.

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие