🔥
Не упустите лучшие вакансии!
Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!
Подключить ботаМенеджер по работе с клиентами
FOREVER CARE
•
Ташкент
•
На месте работодателя
•
Опубликовано: 30 Oct 2026
7 000 000 — 25 000 000 so'm
📌 Vazifalar:
- O‘zbekiston bo‘ylab yangi ulgurji mijozlarni topish va jalb qilish.
- Mebel do‘konlari va savdo nuqtalari bilan hamkorlik o‘rnatish.
- Matras mahsulotlarini ulgurji sotish.
- Yangi mijozlar bazasini shakllantirish va mavjud mijozlar bilan ishlash.
- Mijozlar bilan muzokaralar olib borish va shartnomalar tuzish.
- Sotilgan matraslarning mijozlarga o‘z vaqtida yetkazib berilishini nazorat qilish.
- Sotilgan mahsulotlar uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida kelib tushishini ta’minlash.
- Har kuni 5–10 ta mijoz bilan telefon orqali muloqot qilish.
- Har oy 3–5 ta yangi do‘kon bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
- Oylik savdo rejasini bajarish.
- Kunlik bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot topshirish.
✅ Talablar:
- B2B savdo sohasida kamida 1 yillik tajriba.
- Muzokara olib borish va savdo qilish ko‘nikmasi.
- Yangi mijozlarni jalb qila olish.
- Mas’uliyatli, intizomli va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lish.
- Kompyuter va smartfondan foydalana olish.
- O‘zbekiston bo‘ylab xizmat safarlariga tayyor bo‘lish.
- Mebel yoki matras savdosi sohasidagi tajriba ustunlik beradi.
💰 Biz taklif qilamiz:
- Barqaror ish va o‘z vaqtida to‘lanadigan maosh.
- Oylik maosh + KPI + savdo natijalari uchun bonuslar.
- Xizmat safarlari xarajatlari kompaniya hisobidan.
- O‘sib borayotgan kompaniyada ishlash imkoniyati.
- Kasbiy va lavozim bo‘yicha o‘sish imkoniyati.
🎯 Biz qanday xodim izlayapmiz?
Bizga shunchaki buyurtma qabul qiladigan emas, balki yangi mijozlarni mustaqil topa oladigan, do‘konlar bilan hamkorlik o‘rnata oladigan va kompaniya savdosini oshirishga intiladigan menejer kerak.
📩 Bizning jamoamizga qo‘shiling!
🚀
Ваше резюме увидят первым!
Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!
Подключить автоподнятие