🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

QA Engineer / Тестировщик (Middle)

DEEP SPACE
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 31 Oct 2026
$600 — 1 100
QA Engineer (Automation + Manual)
Deep Space LLC — Toshkent, ofis

Kompaniya haqida
Deep Space LLC restoran, kafe va choyxonalar uchun POS tizimini ishlab chiqadi. Mahsulotimiz mobil ilova, desktop POS terminal, web panel va backenddan iborat bo'lib, offline va online rejimlarida ishlaydi, soliq tizimi, to'lov tizimlari, yetkazib berish xizmatlari hamda kassa uskunalari bilan integratsiyalangan. Jamoamizni mahsulot sifatiga mas'ul QA muhandisi bilan kengaytirmoqdamiz.

Vazifalar
- Mobil (Android/iOS), desktop, web va API qismlarini manual testlash
- Test-case, checklist va test-plan tuzish va yuritish
- Buglarni aniq qayta takrorlanadigan qilib hujjatlashtirish va tuzatilishini nazorat qilish
- Regression, smoke va reliz oldi testlarni o'tkazish
- Asosiy biznes-oqimlar (buyurtma, to'lov, chek, hisobot) uchun avtotestlar yozish va qo'llab-quvvatlash
- API testlash (Postman yoki shunga o'xshash vositalar)
- Offline/online sinxronizatsiya, to'lov va soliq integratsiyalarini tekshirish
- Printer, tarozi, to'lov terminali kabi uskunalar bilan ishlashni sinovdan o'tkazish
- Dasturchilar va mahsulot jamoasi bilan talablarni birgalikda tahlil qilish

Talablar
- QA sohasida kamida 1,5–2 yil tijoriy tajriba
- Testlash nazariyasini yaxshi bilish (test turlari va darajalari, test dizayn texnikalari, bug life cycle)
- Mobil, web va desktop ilovalarni testlash tajribasi
- REST API'ni testlash, HTTP so'rovlar va JSON bilan ishlash ko'nikmasi
- Kamida bitta avtomatlashtirish vositasi bilan amaliy tajriba (Playwright, Selenium, Appium, Postman/Newman yoki boshqalar)
- Bitta dasturlash tilida avtotest yozish darajasida bilim (Dart, Python, JavaScript/TypeScript yoki Java)
- SQL asoslari — ma'lumotlarni tekshirish uchun so'rovlar yoza olish
- Git bilan ishlash
- Jira, YouTrack yoki shunga o'xshash task-trekerlarda ishlash tajribasi
- O'zbek tilini erkin bilish
- Diqqatlilik, mas'uliyat va topilgan muammoni oxirigacha yetkaza olish

Afzallik hisoblanadi

- POS tizimlari yoki restoran avtomatlashtirish mahsulotlari bilan ishlash tajribasi
- Flutter ilovalarini testlash tajribasi (integration_test, Patrol)
- Kassa uskunalari, fiskal modullar yoki to'lov integratsiyalarini testlash tajribasi
- CI/CD'ga avtotestlarni ulash tajribasi
- Yuklama testlash asoslari (JMeter, k6)

Biz taklif qilamiz
- Rasmiy ishga joylashtirish
- O'z vaqtida to'lanadigan va natijalarga qarab oshib boruvchi maosh
- Ahil va yordam berishga tayyor jamoa
- Real foydalanuvchilarga ega, faol rivojlanayotgan mahsulot ustida ishlash
- Test jarayonlarini o'zingiz shakllantirish va QA yo'nalishida o'sish imkoniyati
- Kurs va sertifikatlar uchun kompaniya ko'magi
- Zamonaviy texnika va qulay ish joyi

Ish sharoiti
- Ish vaqti: 9:00–18:00
- Format: ofis, Toshkent
- Maosh: suhbat asosida

Telegaram: @biznex_diller
🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие