Не упустите лучшие вакансии!
Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!
Подключить ботаB2B/B2G sotuv menejeri (IT maxsulot)
CAD tizimlari bo‘yicha sotuv menejeri (B2B/B2G)
Bo‘lim: Savdo bo‘limi — CAD tizimlari yo‘nalishi
📍 Ish joyi: Toshkent shahri, ofis
🕘 Ish tartibi: 5/2, 10:00–19:00
💼 Bandlik: To‘liq ish kuni
Biz qurilish, arxitektura, yo‘l qurilishi va muhandislik sohalaridagi korporativ hamda davlat tashkilotlariga CAD dasturiy ta’minot litsenziyalarini taklif qilamiz.
Agar sizda B2B/B2G savdo tajribasi, muzokara olib borish qobiliyati va yangi mijozlarni jalb qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar bo‘lsa, sizni jamoamizda kutamiz!
🎯 Asosiy vazifalar:
- Yangi korporativ (B2B) va davlat (B2G) mijozlarini izlash va jalb qilish.
- AutoCAD, IndorCAD va boshqa CAD dasturiy mahsulotlarini sotish.
- Qurilish, arxitektura, loyiha institutlari va muhandislik tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatish.
- Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash va mos dasturiy yechimlarni taklif qilish.
- Tijorat takliflari va texnik spetsifikatsiyalar tayyorlash.
- Davlat xaridlari va tenderlarda ishtirok etish.
- Mijozlar bilan muzokaralar olib borish va shartnomalar tuzish.
- Mavjud mijozlar bilan ishlash, litsenziyalarni uzaytirish (renewal) va qo‘shimcha savdolarni (upsell) rivojlantirish.
- Bitrix24 CRM tizimida mijozlar bazasi va savdo voronkasini yuritish.
- Savdo natijalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlash.
📌 Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
Majburiy talablar:
- B2B/B2G yoki IT savdo sohasida kamida 2 yillik tajriba.
- CAD dasturiy ta’minoti litsenziyalarini sotish bo‘yicha amaliy tajriba.
- AutoCAD, IndorCAD va boshqa CAD yechimlari haqida tushunchaga ega bo‘lish.
- Dasturiy mahsulotlarni litsenziyalash modellari (obuna, doimiy va tarmoq litsenziyalari)ni bilish.
- Muzokara olib borish va mijozlar bilan samarali muloqot qilish ko‘nikmasi.
- Tijorat takliflari tayyorlash va savdo jarayonini boshqarish tajribasi.
- Bitrix24 yoki boshqa CRM tizimlarida ishlash ko‘nikmasi.
- O‘zbek tilini ravon (C1), rus tilini professional darajada (C1) bilish.
- Ingliz tilini kamida B2 darajada bilish.
Qo‘shimcha ustunliklar:
- Davlat tashkilotlariga IT mahsulotlarini sotish tajribasi.
- Tender va davlat xaridlari bilan ishlash tajribasi.
- Loyiha institutlari, qurilish va muhandislik korxonalari bilan aloqalar.
- AutoCAD yoki IndorCAD bo‘yicha sertifikatlar.
- Yirik korporativ mijozlar (Key Account) bilan ishlash tajribasi.
👤 Shaxsiy fazilatlar:
- Kuchli kommunikatsiya va muzokara olib borish qobiliyati.
- Natijaga yo‘naltirilganlik.
- Mas’uliyatlilik va halollik.
- Mustaqil ishlash va tashabbuskorlik.
- Tizimli va strategik fikrlash.
- Muammolarga yechim topa olish.
🚀 Biz sizga taklif qilamiz:
- SOFTY kompaniyasida yangi savdo yo‘nalishini rivojlantirish imkoniyati.
- CAD dasturiy ta’minoti bozorida professional rivojlanish.
- Korporativ va davlat tashkilotlari bilan ishlash tajribasi.
- Xalqaro dasturiy ta’minot vendorlari bilan hamkorlik jarayonida ishtirok etish.
- Kasbiy o‘sish va uzoq muddatli rivojlanish imkoniyati.
- Zamonaviy ofis va professional jamoa.
- Natijalarga qarab yangi loyihalar va boshqaruv yo‘nalishlarida rivojlanish imkoniyati.
Ваше резюме увидят первым!
Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!
Подключить автоподнятие