Не упустите лучшие вакансии!
Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!
Подключить ботаMarketolog
🚀 Vakansiya: Marketolog (Soffia AI)
Soffia AI jamoasiga marketolog izlayapmiz!
Soffia AI — sun’iy intellekt yordamida dars tayyorlash, ta’limiy kontent yaratish va o‘quv jarayonini interaktiv tashkil etish uchun mo‘ljallangan yagona platforma.
Biz platformamizni yanada ko‘proq o‘qituvchilarga tanitish, marketing strategiyasini rivojlantirish va foydalanuvchilar sonini oshirishga yordam beradigan kreativ va natijaga yo‘naltirilgan marketolog izlayapmiz.
🎯 Asosiy vazifalar:
- Soffia AI uchun marketing strategiyasi va oylik marketing rejalarini ishlab chiqish.
- Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram orqali auditoriyani jalb qilish.
- Kontent marketing va reklama kampaniyalarini rejalashtirish va amalga oshirish.
- Target reklama va boshqa pullik reklama kanallari bilan ishlash.
- Marketing voronkasini (funnel) shakllantirish va konversiyalarni oshirish.
- Foydalanuvchilarni jalb qilish va ularni pullik obunachilarga aylantirish ustida ishlash.
- Marketing natijalarini tahlil qilish, KPI va hisobotlarni yuritish.
- Blogerlar, ta’lim markazlari va boshqa hamkorlar bilan ishlash.
👤 Nomzodga talablar:
- Marketing sohasida kamida 1–2 yillik tajriba.
- Digital marketing va performance marketing bo‘yicha tushuncha.
- Instagram, Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash tajribasi.
- Target reklama va reklama budjetini boshqarish ko‘nikmasi.
- Marketing tahlili, KPI va konversiyalar bilan ishlay olish.
- Kreativ fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish.
- Natijaga yo‘naltirilganlik va mas’uliyat.
⭐️ Biz taklif qilamiz:
- Tez rivojlanayotgan AI startup jamoasida ishlash.
- Yangi marketing strategiyalarini sinab ko‘rish va amalga oshirish imkoniyati.
- Erkin va kreativ ish muhiti.
- Raqobatbardosh maosh (tajriba va natijaga qarab).
- Professional rivojlanish va o‘sish imkoniyati.
📩 Murojaat uchun:
Rezyume va avvalgi loyihalaringiz (portfolio yoki natijalar)ni quyidagi Telegram manziliga yuboring:
Telegram: @shamuratov_a
Manzil: Toshkent
Ish formati: Ofis to'liq stavka
Ваше резюме увидят первым!
Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!
Подключить автоподнятие