🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Brending agentligiga sotuv menejeri

FLAGMEN MI
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 04 Nov 2026
5 000 000 — 10 000 000 so'm

Brending loyihasida ishlagansiz va endi sotuv tomonda ishlashni xohlaysiz? Dasxat Brending Agency’ga aynan shunday odam kerak.

Biz Toshkentdagi Dasxat Brending Agency’miz. Tadbirkorning biznesiga brend, nom, logotip va firma uslubidan tortib tovar belgisini ro’yxatdan o’tkazishgacha hammasini bir joyda qilamiz. Jamoamiz 7 kishidan iborat, 3 yil ichida O’zbekistondagi kuchli brending agentliklaridan biriga aylanmoqchimiz. Bizda har kuni haqiqiy tadbirkor bilan gaplashasiz va qaror qanday qabul qilinishiga ta’sir qilasiz.

Nima qilasiz:
Brendingga ehtiyoji bor tadbirkorlar bilan gaplashasiz, ularning ehtiyojini aniqlaysiz, potensial mijozlarni bizning loyiha menejerlarimiz bilan uchrashuvga olib kelasiz va keyin ham ular bilan aloqada bo’lib shartnomagacha olib borasiz.

Talablar:
- Brending, marketing yoki dizayn loyihalarida kamida 2 yil ishlagansiz.
- Tadbirkorga brend nega kerakligini oddiy tilda tushuntira olasiz.
- O’zbek va rus tilida erkin gaplashasiz.
- Sotuvda tajriba shart emas, o’rgatamiz.

Oylik: 5 000 000 – 10 000 000 so’m (natijaga qarab) (Fiksa + Foiz + Bonus)
Ish vaqtlari: 6/1, 09:00-17:00

E’lonni oxirigacha o’qiganingizni bilishimiz uchun xabarda Dasxat brending Instagram sahifasida hozir nechta obunachi borligini ham yozing.

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие