Не упустите лучшие вакансии!
Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!
Подключить ботаМенеджер по продажам
Sotuv menejeri
Uy-joy qurilishi va ko‘chmas mulk savdosi yo‘nalishida faoliyat yuritadi. Jamoamizga mijozlar bilan professional muzokara olib bora oladigan, yuqori chekli savdolardan qo‘rqmaydigan va bitimni yakunlashga yo‘naltirilgan Sotuv menejeri qidiramiz.
Vazifalar:
-
Yangi murojaat qilgan mijozlar bilan telefon va messenjerlar orqali ishlash;
-
Mijozning ehtiyoji, byudjeti va xarid maqsadini aniqlash;
-
Kompaniya loyihalari va uy-joylarni professional tarzda taqdimot qilish;
-
Mijozlarni obyekt ko‘rigiga taklif qilish va uchrashuvlarni tashkil etish;
-
Obyekt bo‘yicha to‘liq ma’lumot berish va mijozga mos variantni tanlashga yordam berish;
-
Narx, to‘lov shartlari va boshqa savollar bo‘yicha muzokaralar olib borish;
-
Mijozlarning e’tirozlari bilan ishlash;
-
Uzoq muddatli muzokaralarni olib borish va mijozni bitimgacha yetaklash;
-
CRM tizimida mijozlar bilan ishlash tarixini to‘liq yuritish;
-
Mijozlar bilan o‘z vaqtida qayta aloqa qilish;
-
Belgilangan savdo rejasi va KPI ko‘rsatkichlarini bajarish;
-
Shartnoma va to‘lov bosqichigacha bo‘lgan savdo jarayonini nazorat qilish.
Talablar:
-
Yosh: 20–35 yosh;
-
O‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot;
-
O‘zbek tilida erkin muloqot qila olish;
-
Rus tilini bilish ustunlik beradi, lekin majburiy emas;
-
CRM dasturlarida ishlash ko‘nikmasi;
-
Excel va Google xizmatlaridan foydalana olish;
-
Savdo va muzokara olib borish ko‘nikmasi;
-
Mijoz e’tirozlari bilan professional ishlay olish;
-
Uzoq muddatli savdo jarayonlarida mijoz bilan aloqani saqlay olish;
-
Stressga chidamlilik va moslashuvchanlik;
-
Natijaga va bitimni yopishga yo‘naltirilganlik;
-
20 000$ va undan yuqori o‘rtacha chekli mahsulot yoki xizmatlarni sotish tajribasi katta ustunlik beradi;
-
Uy-joy yoki ko‘chmas mulk savdosidagi tajriba katta ustunlik;
-
Qurilish bo‘yicha texnik bilimlarga ega bo‘lish qo‘shimcha afzallik hisoblanadi.
Shartlar:
-
Ish grafigi: 6/1;
-
Ish vaqti: 09:00–17:00;
-
Dam olish kuni: juma;
-
Fiks oylik: 8 000 000 so‘m;
-
KPI mavjud kelishiladi
-
Mobil aloqa xarajatlari kompaniya tomonidan qoplanadi;
-
Tushlik mavjud;
-
Sinov muddatidan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng rasmiy ishga joylashish imkoniyati;
-
Kuchli jamoa va o‘sib borayotgan qurilish loyihasida ishlash imkoniyati;
-
Yuqori daromad olish imkoniyati savdo natijalariga bog‘liq.
Bizga shunchaki qo‘ng‘iroqlarga javob beradigan xodim emas, balki mijoz ehtiyojini tushunib, muzokarani boshqarib va bitimni yakunlay oladigan kuchli sotuv menejeri kerak.
Agar siz katta chekli savdolar bilan ishlashni xohlasangiz va natija uchun javobgarlik olishga tayyor bo‘lsangiz — rezyumengizni yuboring.
Ваше резюме увидят первым!
Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!
Подключить автоподнятие