🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Moliyaviy nazoratchi

ABABIN
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 09 Nov 2026
До 5 000 000 so'm

ASKOda har bir so’m hisobda bo’lishi kerak va bu sizning vazifangiz.

ASKO O’zbekiston bo’ylab 80+ filialga ega shina, disk va akkumulyator savdo tarmog’i. Kompaniya tez o’smoqda, shuning uchun moliya bo’limiga xarajatlarni tizimli nazorat qiladigan va ularni kamaytirish yo’llarini topadigan mutaxassis kerak.

Vazifalar:

  • Bo’limlarning kundalik xarajatlarini tahlil qilish
  • Xarajat so’rovlarini asoslanganligi va byudjetga mosligi bo’yicha tekshirish
  • Ortiqcha va samarasiz xarajatlarni aniqlash, optimizatsiya bo’yicha takliflar tayyorlash
  • Yetkazib beruvchilar narxlarini solishtirish va muqobil takliflarni topish
  • Reja va fakt xarajatlarini solishtirib, farqlar sababini aniqlash
  • Rahbariyat uchun haftalik va oylik hisobotlar tayyorlash

Talablar:

  • Iqtisodiyot yoki moliya yo’nalishida oliy ma’lumot
  • Moliyaviy nazorat, byudjetlashtirish yoki moliyaviy tahlil sohasida tajriba
  • Excel’ni yuqori darajada bilish (pivot jadvallar, XLOOKUP, formulalar)
  • Xulosalarni rahbariyatga tushunarli taqdim eta olish
  • Bo’lim rahbarlari bilan xarajatlar bo’yicha diplomatik, lekin qat’iy muloqot qila olish

Afzallik:

  • Chakana savdo yoki filiallar tarmog’ida ishlash tajribasi
  • Power BI yoki boshqa BI vositalarini bilish
  • Xarajatlarni optimizatsiya qilishda real natijaga erishgan keys

Biz taklif qilamiz:

  • Rasmiy ishga joylashtirish
  • Natijangiz kompaniya foydasida aniq raqamlarda ko’rinadigan ish
  • Rahbariyat bilan to’g’ridan-to’g’ri ishlash va takliflaringizni amalga oshirish imkoniyati
  • Asko Academy orqali o’qish va rivojlanish

Javob berishda quyidagi savolga javob yozing. Savollarga javob bermagan nomzodlar ko’rib chiqilmaydi.

Marketing bo’limining oylik xarajati o’tgan oyga nisbatan 30% oshdi. Birinchi navbatda nimalarni tekshirasiz?

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие