Не упустите лучшие вакансии!
Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!
Подключить ботаФинансовый менеджер
Majburiyatlar:
— Mijoz korxonalarining moliyaviy holatini tahlil qilish: daromad, xarajat, foyda va pul oqimlari, shu jumladan P&L, Cash Flow va Balance Sheet hisobotlari
— Foyda va real pul oqimi o’rtasidagi farqlarni aniqlash, moliyaviy yo’qotish nuqtalarini topish
— Boshqaruv hisobini tashkil etish va joriy qilish: daromad va xarajatlarni toifalarga ajratish, xarajat markazlari va moliyaviy javobgarlik zonalarini shakllantirish
— Budjet tuzish va moliyaviy rejalashtirish, Plan/Fakt tahlili, og’ishlar sabablarini aniqlash
— Debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil qilish va boshqarish, moliyaviy nazorat tizimini yaratish
— Moliyaviy model (Fin Model) tuzish
— Asosiy moliyaviy ko’rsatkichlarni hisoblash va tahlil qilish:
• Revenue, Gross Profit, Net Profit, EBITDA, Margin, Unit Economics
• ROE, ROA, Current ratio, Quick ratio
• Inventory, Receivable va Payable days, Cash Conversion Cycle (CCC)
Talablar:
— Moliyaviy hisobotlar (P&L, Cash Flow, Balance Sheet) bilan amalda ishlagan bo’lish
— Boshqaruv hisobi hisobotlarini mustaqil tayyorlay olish. Boshqaruv hisobi tizimini yaratishda yoki takomillashtirishda qatnashgan bo’lish katta ustunlik
— Excel / Google Sheets’ni yaxshi bilish
— O’zbek va rus tillarida erkin gaplashish (majburiy), ingliz tili kamida B1–B2
— Bir vaqtda bir nechta loyihani reja va ustuvorliklar asosida yurita olish
— Analitik va tizimli fikrlash, diqqatlilik, mas’uliyatlilik, halollik: xatoni yashirmasdan aytish va tuzatish
— Afzal: ACCA sertifikati, IFRS bo’yicha bilim, Power BI, moliyaviy modellashtirish vositalari
Shart-sharoitlar:
— To’liq ish kuni, 6/1 grafik, ish joyi Toshkent shahridagi ofis
— Bir vaqtning o’zida bir nechta biznes loyihasida ishlash, mijoz kompaniyalar rahbariyati bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot
— Mijoz korxonalariga borish va O’zbekiston bo’ylab xizmat safarlariga chiqish
— Ish haqi nomzodning bilimi, tajribasi va malakasiga qarab suhbatda kelishiladi
— Karyera o’sishi: mijoz korxonalarining moliyaviy tizimlarini mustaqil boshqarishgacha, kelajakda CFO darajasigacha
Ваше резюме увидят первым!
Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!
Подключить автоподнятие