🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Ofis rahbari "Toshkent sotuv ofisi"

АО ANOR BANK
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 10 Nov 2026
Lavozim majburiyatlari:
  • Savdo ofisi faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ofis bo'linmalarining ishini muvofiqlashtirish hamda bankning tegishli departamentlari (boshqarmalari) bilan o'zaro hamkorlikni ta'minlash
  • Ishonchnoma doirasida mijozlar bilan shartnomalar tuzish va bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha bank manfaatlarini ifodalash
  • Qonunchilik talablari, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki ko'rsatmalari va bankning ichki me'yoriy hujjatlariga, shu jumladan pul mablag'lari xavfsizligi, kassa operatsiyalari va pul yuvishga qarshi kurashish (AML/CFT) qoidalariga rioya etilishini ta'minlash
  • Mijozlar bazasini kengaytirish va mustahkamlash, ofis daromadliligini oshirish, bank mahsulotlari va masofaviy bank xizmatlari (MBX) faol foydalanuvchilari sonini ko'paytirish
  • Kredit portfeli holatini tahlil qilish, mijozlarning kredit to'lov qobiliyatini baholashda ishtirok etish hamda garov rasmiylashtirilishini nazorat qilish
  • Ofis xodimlarini boshqarish, mehnat va ijro intizomini ta'minlash, mijozlarga xizmat ko'rsatish standartlariga rioya etilishi hamda bank va tijorat sirining saqlanishini nazorat qilish
Talab qilinadigan ko'nikma va malakalar:
  • Tugallangan oliy ma'lumot (moliya yoki iqtisod yo'nalishida)
  • Mutaxassisligi bo'yicha kamida 4 (to'rt) yillik ish staji va rahbarlik lavozimida kamida 2 (ikki) yillik ish staji
  • Korporativ va chakana kreditlash hamda xizmat ko'rsatish sohasini bilish
  • Buxgalteriya hisobi qoidalari, valyuta tartibga solish, kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini, shuningdek O'zbekiston Respublikasida belgilangan tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasini bilish
  • Bank faoliyatining boshqa yo'nalishlari bo'yicha bilimga ega bo'lish
Bizning taklimiz:
  • Mamlakatning innovatsion raqamli bankida faoliyat yuritish
  • Professional rivojlanish va karyera o‘sishi dasturlari
  • Korporativ o‘qitish tizimi va treninglar
  • Qulay mehnat sharoitlari
  • Zamonaviy va shinam ofis
  • Rasmiy ish haqi
🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие