🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Sotuv bo‘yicha menejer (Sales Manager)

Unique Present Media Holding
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 10 Nov 2026
До 10 000 000 so'm

Birinchi Business Club — yangi formatdagi birinchi o‘zbek biznes klubi.

Biz tadbirkorlar o‘z biznesini tezroq rivojlantirishi, yangi bozorlarga chiqishi va kuchli biznes muhitini topishi uchun biznes mahsulotlari, ta’lim dasturlari, networking va tadbirlardan iborat ekotizim yaratmoqdamiz.

Maqsadimiz — tadbirkorlarni birlashtirish, biznes aloqalarini mustahkamlash va yirik loyihalarni rivojlantirishga ko‘maklashish.

Hozirda jamoamizga faol, natijaga yo‘naltirilgan va muzokara olib borish qobiliyatiga ega Sotuv bo‘yicha menejer izlayapmiz.

Asosiy vazifalar:

  • Yangi mijozlarni, xususan, tadbirkorlar va biznes vakillarini izlash va jalb qilish;
  • Potensial mijozlar bilan uchrashuvlar va muzokaralar olib borish;
  • Biznes-klub rezidentligi va klub mahsulotlarini taqdim etish hamda sotish;
  • Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash va ularga mos takliflarni shakllantirish;
  • Yangi rezidentlarni jalb qilish va mavjud mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish;
  • Mijozlar bazasini shakllantirish va yuritish;
  • Sotuv rejasini bajarish va belgilangan KPI ko‘rsatkichlariga erishish;
  • CRM tizimida ishlash va sotuvlar bo‘yicha hisobotlarni yuritish;
  • Klub tadbirlari va biznes uchrashuvlarida faol ishtirok etish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • Sotuv sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi;
  • O‘zbek va rus tillarini bilish (ideal darajada)
  • B2B savdo va muzokaralar olib borish tajribasi ustunlik beradi;
  • Kuchli kommunikatsiya va taqdimot ko‘nikmalari;
  • Mijozlar bilan ishonchli va uzoq muddatli munosabat o‘rnatish qobiliyati;
  • Faollik, tashabbuskorlik va natijaga yo‘naltirilganlik;
  • Sotuv texnikalari va mijozlar bilan ishlash tamoyillarini bilish;
  • CRM tizimlari bilan ishlash ko‘nikmasi;
  • Ishbilarmonlik etikasi va yuqori darajadagi muomala madaniyati.

Biz taklif qilamiz:

  • Rivojlanayotgan va istiqbolli biznes-klubda ishlash imkoniyati;
  • Raqobatbardosh oylik maosh + sotuv natijalariga bog‘liq bonuslar;
  • Grafik 9:00-18:00; 5/2;
  • Sinov muddati — 2 oy.
  • Sinov muddati muvaffaqiyatli yakunlangandan so‘ng mehnat shartnomasi tuziladi.
  • Ish haqi oyiga 2 marta to‘lanadi
  • Qiziqarli biznes tadbirlari va networking imkoniyatlari;

Agar siz sotuvni yaxshi ko‘rsangiz, odamlar bilan muloqot qilishdan zavqlansangiz va katta maqsadlar sari intilsangiz, jamoamizga qo‘shiling!

Rezyumengizni yuboring va Birinchi Business Club bilan birgalikda rivojlaning!

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие