🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Protsessing markazi Yetakchi menejeri

АКБ «Банк развития бизнеса»
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 13 Nov 2026

Vazifalari;

  • Xalqaro to‘lov tizimlari (MPS): Visa (shuningdek, qaror qabul qilinganda Mastercard, UnionPay va boshqa xalqaro to‘lov operatorlari) bilan hamkorlik qilish, dasturiy ta’minot sertifikatsiyalarini joriy etish va texnik integratsiya jarayonlarini boshqarish.
  • Apparat va kriptografik qurilmalar: Xalqaro to‘lov kartalari faoliyatida qo‘llaniladigan bank qurilmalari — terminallar, embosserlar, HSM (Hardware Security Modules - Xavfsizlik modullari uskunalari) soz holatda bo‘lishini hamda ularga dasturiy-texnik xizmatlar o‘z vaqtida ko‘rsatilishini ta’minlash.
  • Protsessing tizimi va Ma’lumotlar bazasi (DB): Protsessing markazining dasturiy ta’minot tizimidagi ma’lumotlar bazasini yangilash, arxivlash, tizim yuklamasi ustidan nazorat olib borish va yuklanish taqsimotini (load balancing) amalga oshirish.
  • Konfiguratsiya va Release Management: Protsessing markazi tizimida konfiguratsiyalarni boshqarish, mahsulotlar va xizmatlar uchun yangilanishlarni amalga oshirish.
  • Monitoring va Diagnostika: Emissiya qilingan xalqaro to‘lov kartalari hamda Protsessing markazi tizimidagi ichki va tashqi servislarning ishlash qobiliyatini uzluksiz monitoring qilish, nosozliklarni tezkor bartaraf etish.
  • Ekvayring va Kassa infratuzilmasi: Milliy va xalqaro to‘lov operatorlari bilan hamkorlikda ekvayring faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bankning kassa tarmoqlari hamda BXO va BXMlarda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi dasturi va to‘lov terminallarini protsessing markaziga bog‘langan holda to‘g‘ri ishlashini ta’minlash.
  • Raqamli platformalar va QA sinovlar: Bankning biznes platformalari (mobil ilova, raqamli bank platformalari, rasmiy veb-sayt, aloqa markazi va b.) orqali yangi loyihalarni joriy qilishda xalqaro va milliy to‘lov kartalariga taalluqli tizimlarni sinovdan o‘tkazish.
  • Bahsli tranzaksiyalar (Disput / Chargeback): Bank kartalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha yuzaga kelgan bahsli tranzaksiyalarni o‘rganish, qonunchilik va xalqaro to‘lov tizimlari qoidalari asosida tegishli choralarni ko‘rish.
  • Talablar:
  • Ma’lumoti: Iqtisodiyot va/yoki Axborot texnologiyalari (IT) sohasida oliy ma’lumot.
  • Ish tajribasi: Bank kartalari tizimi va protsessing yo‘nalishida kamida 5 yillik amaliy ish tajribasi.
  • Huquqiy savodxonlik: O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari, Markaziy bank me’yoriy talablari hamda xalqaro to‘lov tizimlari qoidalarini bilish.
🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие