🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Team Lead

Qadam Education
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 17 Nov 2026
5 000 000 — 18 000 000 so'm

Qadam Education — talab yuqori raqamli kasblarga o'rgatadigan, tez o'sayotgan EdTech kompaniya. Sotuv bo'limimiz kengaymoqda va bizga o'z guruhini rejaga olib chiqadigan Team Lead kerak.

Sizning vazifalaringiz

4–6 kishilik sotuv menejerlari guruhini boshqarish;

Guruh rejasini har bir menejerning kunlik ko'rsatkichlariga bo'lish va bajarilishini nazorat qilish;

Menejerlarning qo'ng'iroqlarini tinglash, xatolarni ko'rsatish va joyida o'rgatish;

Qiyin mijozlarni menejer bilan birga yopish;

amoCRM'da guruh ishini nazorat qilish: vazifalar, bosqichlar, yozuvlar tartibi;

Yangi menejer va stajyorlarni ishga kiritish;

ROP'ga kunlik va haftalik hisobot berish.

Talablar

Sotuvda kamida 1,5–2 yil tajriba, shundan kamida 6 oy Team Lead yoki katta menejer sifatida;

Shaxsiy sotuvda barqaror natija — rejani muntazam bajarganingizni raqam bilan ko'rsata olish;

amoCRM yoki boshqa CRM'da ishlash tajribasi;

Telefon orqali sotuv va e'tirozlar bilan ishlash ko'nikmasi;

Odamlarni o'rgata olish va talabchan bo'lish;

O'zbek tilida erkin muloqot, rus tili — ustunlik;

EdTech yoki onlayn ta'lim tajribasi — ustunlik.

Biz taklif qilamiz

Fiks 5 000 000 so'm + reja bajarilishiga qarab KPI;

ROP lavozimigacha o'sish imkoniyati;

Tayyor lidlar oqimi — sovuq qidiruv yo'q;

Kompaniya kurslaridan bepul foydalanish;

Toshkent, Mirobod tumanidagi zamonaviy ofis;

Ish jadvali: 6/1, dushanba–shanba, 10:00–19:00.

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие